Tarixdan 8 bosqichli tizim (6-sinf)

8,000.00 UZS

Категория:

About The Author

Ilyosxo'ja Bekmirzayev

Ilyosxo'ja Bekmirzayev

1993-yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tavvalud topgan. 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasida tahsil olgan. 2017-2020-yillarda “Registon” o‘quv markazi tarix fani o‘qituvchisi. Hozirga qadar Respublikada tarix fanini o‘qitish tizimini sifatini oshirish bo‘yicha o‘z hissasini qo'shib kelmoqda.

Tarix fanini mukammal oʼrganishni xohlovchilar uchun fanining 100% oʼzlashtirilganini tekshirish imkoniyati!

Sizga taklif etilayotgan 6-sinf tarix darsligini mukammal o‘rganish bo‘yicha 8 bosqichli tizimning afzalliklari quyidagicha:

 6-sinf qadimgi dunyo tarixi fanining har bir mavzusi yuzasidan 8 bosqichli tizim asosida shakllantirilgan topshiriqlar 100% darslikni qamrab olganligi bois umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey o‘quvchilari, tarix fanidan olimpiada ishtirokchilari, abituriyentlar tarix fanini mukammal o‘rganish uchun juda katta amaliy yordam beradi;

 tarix fani o‘qituvchilari tarix darslarida har bir o‘quvchiga guruh doirasida yoki individual ishlash uchun kerak bo‘ladigan xilma-xil topshiriqlar bosqichma-bosqich mavjud;

 qiziqarli boshqotirmalardan iborat bo‘lgan “Raqamli tarix” ta’limiy o‘yinining topshiriqlari orqali tarix fanini o‘rganishning eng murakkab tomonlaridan biri hisoblangan sanalar va statistik ma’lumotlarni o‘quvchilarni qiziqtirgan holda ularning xotirasida saqlab qolishida yordam beradi;

 oliy o‘quv yurtiga kirish uchun olinadigan test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish davomida har xil kitoblarni, qo‘llanmalarni izlab o‘tirmasdan hammasi bittada mujassamlashtirilgan to‘plamga ega bo‘ladi;

 2019-yildan DTM test topshiriqlariga kiritilgan xaritali, rasmli hamda jadvalli testlar mavjud;

 xotirani chiniqtirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, aqlni peshlashga, intellektual salohiyatni kengaytirishga yordam beruvchi krossvordlar mavjud;

o‘quvchilarda izlanuvchanlikni vujudga keltiradi.

Ushbu qo‘llanma orqali farzandingiz nafaqat tarix faniga oid ma’lumotlarni mukammal bilishi, balki fikrlash qobiliyatini kengaytirishga hamda innovatsion yaratuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stirishga amaliy yordam beradi. Bu esa kelajakda farzandingiz qaysi kasb tanlashidan qat’iy nazar unda shakllangan innovatsion yaratuvchanlik, ijodkorlik qobiliyatlari ish faoliyatida yuqori natijalarni zabt etib, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishida asqotadi.
O‘quvchi har bir bosqichda berilgan topshiriqlar orqali mavzularni mukammal o‘rganibgina qolmasdan, turli ko‘rinishdagi boshqotirmalar orqali mantiqan fikrlash qobiliyati oshadi. Eng muhimi, o‘quvchining bilimi chigʼiriqdan-chigʼiriqqa shakllanib boradi.

Oddiy o‘qituvchi bilan zamonaviy o‘qituvchining farqi, oddiy o‘qituvchi kitobdagi ma’lumotlarnigina o‘rgatsa, zamonaviy o‘qituvchi mantiqan fikrlashga ham o‘rgatadi.

Farzandingizga kitob tanlashda adashmang!!!

Ushbu qo‘llanma mualliflari Shuxrat Nurgaziyev va Ilyosxo‘ja Bekmirzayevlar tomonidan yangicha yondashuv asosida yaratilgan «Muhim so‘zlar» hamda «Raqamli tarix» o‘yini singari ta’limiy o‘yinlarni keyingi sinflar uchun mo‘ljallab chop etiladigan qo‘llanmalarimizda berib boramiz. Masalan: 7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligini mukammal o‘rganish bo‘yicha chop etiladigan qo‘llanmamizda «Egizaklar» o‘yini asosida shakllantirilgan topshiriqlarni Sizlarga taqdim etamiz. Odam qiziqish bilan o‘rgangan narsasini bir umr unutmaydi.

O‘zbekistonda ta’lim tizimida tarix fanida bo’yicha ilk bor amalga oshirilayotgan ushbu innovatsion loyihada siz va o’quvchilaringiz uchun manzur keladi degan umiddamiz.

Отзывы

Отзывов пока нет.

Будьте первым, кто оставил отзыв на “Tarixdan 8 bosqichli tizim (6-sinf)”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

I accept the Privacy Policy