Nashriyot haqida

Ushbu saytimizda siz:

— Abituriyentlar uchun o’quv qo’llanmalar;
— Mavzulashtirilgan va umumiy DTM darajasidagi yangi testlar;
— Barcha fanlardan yangi chop etilgan o’quv dasturlari va tez, oson o’rganishga mo’ljallangan yangi kitoblar bilan tanishib borasiz.

O’zimiz haqimizda qisqacha to’xtalib o’tsak!

REGBOOKS NASHRIYOTI — abituriyent va o’quvchilarga har bir fandan o’quv dasturlarda berilgan mavzularni oson, tez va mukammal o’rganishlari uchun qo’shimcha qo’llanmalar chop etadi. Ko’p yillik tajribalar asosida yaratilgan ushbu o’quv-qo’llanmalar repetitor o’qituvchilar uchun ham juda foydali.

Biz chop etishni mo’ljallagan o’quv qo’llanmalar:

✅ Repetitor-o’qituvchilar, abituriyentlar, o’quvchilar uchun qo’shimcha qo’llanmalar.

✅ Xotirani kuchaytirishga yordam beruvchi kitob va yo’riqnomalar

✅ Motivatsiya beruvchi asarlar

✅ Ruhiy irodani kuchaytiruvchi qo’llanmalar

✅ Shaxsni o’stiruvchi asarlar

✅ Maqsad sari chorlovchi asarlar

Nashriyotning asosiy maqsadi:

Mamlakatimiz yoshlarini talabalikka yetishishiga, bilim va tafakkurini o’sishiga, irodali va komil avlod bo’lib yetishishiga o’z hissasini qo’shishdir.