Maqolalar

“REGBOOKS” MISSIYASI

“Regbooks” nashriyoti haqida ikki og‘iz so‘z:

Nashriyot abituriyentlar manfaatini ko‘zlagan. Ularning ilm olishlariga ko‘maklashish va mustaqil o‘z ustilarida ishlashlariga xizmat qiluvchi kitoblar chop etib boradi. Jamoaning o‘tgan vaqt davomida shakllangan o‘z qadriyati mavjud. Har qanday yurtning ertangi kunini yaratish bugungi yoshlarning ilm salohiyatiga bog‘liq. Jamoa ertangi kunimiz bugunimizdan yanada porloq bo‘lishi uchun xizmat qilishni maqsad qilishgan. Shu sabab yoshlarning ta’lim sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga tayyorgalik ko‘rayotgan yoshlarning mashaqqatlarini ozgina bo‘lsa ham yengillashtirishga hissa qo‘shish uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishmoqda. Bu esa asta-sekinlik bilan samarasini ko‘rsatmoqda.

Qo‘llanmalar

Nashriyot tomonidan barcha fanlardan qulay, o‘rganish oson bo‘lgan qo‘llanmalar malakali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Tarix, geografiya, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, biologiya, kimyo, matematika, fizika kabi fanlar doirasidagi kitoblar allaqachon abituriyentlar orasida ommalashib ulgurgan. E’tiborlisi, mazkur qo‘llanmalar doirasida mualliflar bir mavzuning bayoni bilan bir qatorda o‘rganganlarini mustahkamlab borishlari uchun turli topshiriqlar va testlar berib borishgan. Kitob mustaqil o‘zlashtiruvchilar uchun ham juda qo‘l keladi. Ortiqcha vaqt sarflab, turli manbalardan o‘zlashtirishdan ko‘ra nashriyotning qo‘llanmalari orqali barcha jamlangan bilimlarga ega bo‘lib borishadi. Bundan tashqari bu qo‘llanmalardan o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlari davomida bemalol foydalanishlari hamda o‘quv jarayonlarini yanada sifatli tashkil etishlari mumkin.

Testlar to‘plami:

Abituriyentlar bilimlarini mustahkamlab borishlari uchun albatta testlar yordam beradi. Chunki O‘zbekistondagi OTMlarga qabul test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Testlar to‘plamlari orqali o‘quvchilar ham bilimlarini qayta takrorlab, yanada mustahkamlashadi hamda test ishlash ko‘nikmalarini shakllantirib borishadi. Nashriyot tomonidan chop etilayotgan testlar asosan mavzulashtirilgan va aralash 30 talik shaklda bo‘ladi.
Nashriyot chop etayotgan testlar 3 turga bo‘linadi.
Test variantlari – bu nomdagi testlar har bir fan bo’yicha alohida tuziladi. Ushbu kitoblardagi testlar soni asosan 900 tani tashkil etadi.
Imtihon testlari – bu nomdagi kitoblarda ikkita mutaxasislik fani bo‘yicha testlar keltirilgan. Masalan biologiya+kimyo (60+60). Bu kitoblarda testlar soni 1800 tani tashkil etadi.

Avgust imtihoni – mazkur nomdagi kitoblarda 5 ta fandan testlar jamlangan. Har bir variantda 105 tadan (45 ta majburiy 60 ta mutaxassislik) savol jamlangan bo’lib, jami 30 ta variantni o’z ichiga oladi. Kitobdagi umumiy testlar soni 3150 ta

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra joriy yildan boshlab kirish imtihonlari 2 ta asosiy fan va 3 ta majburiy fanlardan test topshiriqlarini ishlashadi. Bu muhim  o‘zgarishni inobatga olgan holda “Regbooks” nashriyoti jamoasi “yeng shimarib” ishga kirishishdi. “Majburiy fanlar uchun” 45+45 brendi ostida test kitoblari chop etdi.
Ushbu qo‘llanmada Ona tili, Matematika va O‘zbekiston tarixiga oid aralash tarzda tuzilgan 100 variantli testlar mavjud. Kitobda jami 4500 ta test savoli bor.
“Testlar asosan ikki tilda — o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqilgan. Abituriyentlar mutaxassisliklariga oid jamanmalarni tanlagan holda bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari va bo‘shliqlarni to‘ldirish imkoniga ega bo‘lishadi.

“Registon” o‘quv markazi tomonidan har oy so‘nggida online o‘tkaziladigan test sinovlarida yaxshi natija qayd etgan yoshlarning ustozlarini rag‘batlantirish maqsadida nashriyot tomonidan chop etilgan kitoblar sovg‘a sifatida yetkazib beriladi.

Kitoblarni qanday xarid qilish mumkin?

Nashriyot tomonidan chop etilgan kitoblarni bir necha yo‘llar orqali xarid qilish mumkin.

Hududiy dilerlar orqali: Respublikamizning deyarli barcha hududlarida, hatto eng chekka manzillarda ham dilerlik xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib abituriyentlar yoki ularning o‘qituvchilari kerakli kitoblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishlari mumkin.

Nashriyot orqali: “Regbooks” nashriyotida bevosita xaridorlar bilan ishlash maqsadida doimiy xizmat ko‘rsatuvchi telefon qo‘ng‘iroqlari ishlaydi. Bundan tashqari telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali istalgan kitoblarini buyurtma berishlari, ulardan namunalar ko‘rishlari mumkin. Buyurtma berilgan kitoblar pochta yoki taksi xizmati orqali belgilangan manzilga yetkazib beriladi.

Telefon xizmati: +998930082700; +998974042700 

Telegram orqali: @regbooks_admin; @Abtbooks_uz

Ko‘proq miqdordagi xarid uchun yetkazib berish bepul hamda maxsus chegirmalar taqdim etiladi.

Leave a Comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

You may use these HTML tags and attributes:

<a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>

I accept the Privacy Policy