Maktab darsliklari oldingilariga qaraganda ancha soddalashtirilgan boʼlsa-da, uni oʼzlashtirishning turli usul va vositalarini shakllantirish uslubiyat uchun dolzarb ahamiyatga egadir.
F.Burxonov va D.Ochilova tomonidan tavsiya etilayotgan mazkur qoʼllanma (7 sinf jahon tarixidan tarix klassifikatsiyasi) amaldagi 7-sinf “Jahon tarixi” (Salimov T., Sultonov F. T., 2017) darsligini oʼzlashtirishga qaratilgan turli pedagogik qurilmalardan iborat. Uning tarkibida darslikdagi 44 ta mavzuning har biriga alohida-alohida sahifa ajratilgan illyustratsiyalar, tushuncha va atamalar, statistik maʼlumotlar, sanalar hamda tarixiy nomlar ajratib olingan holda eslab qolishga qaratilgan mashgʼulotlar shakllantirilgan. Bu oʼquvchini oʼz ustida mustaqil ishlashini taʼminlashi bilan birga, bilimlarini kengaytirish imkonini ham beradi. Shuningdek, unda keltirilgan mashgʼulotlar oʼquvchini mushohadaga, tarixiy voqealarni xranologik ketma-ketlikda tavsiflashga undaydi. Mazkur metodik ish oʼquvchining har bir bob mutolaasidan keyin oʼzini sinab koʼrish, bilimidagi boʼshliqlarni aniqlash imkoniyatini hosil qiladi.
Qoʼllanma oxirida keltirilgan 7-sinf “Jahon tarixi” darsligidagi davlatlar, sulolalar, poytaxtlar, hukmdorlar, asarlar, muhim voqealarning tasniflanishi mazkur qoʼllanmaning saviyasini yanada oshiradi.
Ushbu kitob maqsadingizga erishishda sizga ajoyib ko’makdosh bo’ladi!
Отзывы
Отзывов пока нет.