ONA TILI QULAY MORFEMIKA

7,000.00 UZS

Категория:

About The Author

Hakimova Sevara

365 kunga 365 qo’shimcha!

Ma’lumki,  test sinovlari jarayonida asosiy urg’u morfemika bo’limiga qaratiladi. Bu bo’lim boshqa bo’limlar bilan uzviy bog’liq holda bir savolda uch savol tarzida murakkab testlar qatoridan joy oladi.

Masalan: Qaysi qatorda  tovush o’zgarishiga uchragan  yasama so’z to’ldiruvchi vazifasini bajarmoqda, bir tovushdan iborat yasovchi qo’shimchasi  mavjud bo’lgan so’z  aniqlovchiga ergashib kelgan variantni aniqlang.

Bu kabi savollarni ko’plab uchratishimiz mumkin.

Leksikologiya, sintaksis, fonetika bo’limlari morfemika bo’limiga bog’lab tuzilgan testlar bitta variantda 10-12 tani tashkil etadi.

Shu  sababdan abituriyentga biroz yengillik kiritish maqsadida   qo’shimchalarni bir o’ringa jamlashga harakat qildik. Ona tili fanida qo’shimchalarning miqdori ko’p, ammo aynan bo’lajak talabani chalg’itmasdan test sinovlarida aks  etadigan 365 ta  asosiy qo’shimchalar ushbu qo’llanmada to’plandi. Ushbu kitobda  so’zlarning yasalishi, tub va yasama so’zlar, qo’shimchalarning turlari ham  aks etgan. Morfemika bo’limini har qanday abituriyent ushbu qo’llanma orqali o’zi mustaqil tarzda, erkin o’rganib, undagi har bir mavzudan keyin aks etgan matn va testlarni ishlash orqali imtihon savollariga tayyorlana oladi.

“Har holni xayr, har kechani qadr, har vositani yordam bil”, — deganlaridek ushbu qo’llanma ham siz istagan maqsad yo’lida yordam bersa, demak, biz “nimadir“ qila oldik.

Ushbu qo’llanma bo’lajak talabalar-abituriyentlar, maktab o’quvchilari va o’qituvchilar, fan olimpiadasi qatnashchilari uchun  mo’ljallangan.

Endi siz ona tili fanini mutlaqo mustaqil, litsey va kollej darsliklaridan holi bo’lgan holda batafsil o’rganishingiz mumkin.

Отзывы

Отзывов пока нет.

Будьте первым, кто оставил отзыв на “ONA TILI QULAY MORFEMIKA”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

I accept the Privacy Policy