ONA TILIDAN QULAY MORFEMIKA

365 kunga 365 qo’shimcha!

7,000.00 UZS

Категория:

About The Author

Hakimova Sevara

Ma’lumki, test sinovlari jarayonida asosiy urg’u morfemika bo’limiga qaratiladi. Bu bo’lim boshqa bo’limlar bilan uzviy bog’liq holda bir savolda uch savol tarzida murakkab testlar qatoridan joy oladi.

Masalan: Qaysi qatorda tovush o’zgarishiga uchragan yasama so’z to’ldiruvchi vazifasini bajarmoqda, bir tovushdan iborat yasovchi qo’shimchasi mavjud bo’lgan so’z aniqlovchiga ergashib kelgan variantni aniqlang.

Bu kabi savollarni ko’plab uchratishimiz mumkin.
Leksikologiya, sintaksis, fonetika bo’limlari morfemika bo’limiga bog’lab tuzilgan testlar bitta variantda 10-12 tani tashkil etadi.
Shu sababdan abituriyentga biroz yengillik kiritish maqsadida qo’shimchalarni bir o’ringa jamlashga harakat qildik. Ona tili fanida qo’shimchalarning miqdori ko’p, ammo aynan bo’lajak talabani chalg’itmasdan test sinovlarida aks etadigan 365ta asosiy qo’shimchalar ushbu qo’llanmada to’plandi. Ushbu kitobda so’zlarning yasalishi, tub va yasama so’zlar, qo’shimchalarning turlari ham aks etgan. Morfemika bo’limini har qanday abituriyent ushbu qo’llanma orqali o’zi mustaqil tarzda, erkin o’rganib, undagi har bir mavzudan keyin aks etgan matn va testlarni ishlash orqali imtihon savollariga tayyorlana oladi.

“Har holni xayr, har kechani qadr, har vositani yordam bil“, — deganlaridek ushbu qo’llanma ham siz istagan maqsad yo’lida yordam bersa, demak, biz “nimadir“ qila oldik.

Ushbu qo’llanma bo’lajak talabalar-abituriyentlar, maktab o’quvchilari va o’qituvchilar , fan olimpiadasi qatnashchilari uchun mo’ljallangan.

Murojaat uchun:
☎️+99893 008-27-00
☎️+99897 748-27-00
Telegram orqali: @Abtbooks_uz

@ABTbooks – Abituriyentlar kutubxonasi

#ona_tili_va_adabiyoti #Hakimova_Sevara

Отзывы

Отзывов пока нет.

Будьте первым, кто оставил отзыв на “ONA TILIDAN QULAY MORFEMIKA”

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *