O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4319-son qarorida 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki bo‘limga ajratib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – O‘zbekiston tarixi, ona tili, matematika va ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fanni kiritilishi nazarda tutilgan.
Yangi qabul qilingan qarordan kelib chiqib ‘’Registon’’ o’quv markazi o’zining O’zbekiston tarixi bo’yicha eng yangi va zamonaviy usuldagi qo’llanmasini siz abituriyentlarga taqdim etadi.
Qo’llanma eng yangi darsliklar asosida tayyorlangan. Testga tushish ehtimoli bo’lgan jumlalar, so’zlar, va gaplar alohida qilib belgilab chiqilgan. (Qoraytirilib, qiyaroq qilib, nomerlab). Test tuzishni imkoni yoq joylar esa oddiy usulda yozilgan.
Mazkur kitob tarixni birinchi marta o’qiyotganlar, oldin bir necha marta o’qiganlar, tarixni mustaqil o’rganuvchilar va o’qituvchi-repititorlar uchun juda ham qulay usulda tayyorlangan.
Отзывы
Отзывов пока нет.