O‘tgan galgi maqolamizda “Regbooks” nashriyoti va jamoasi, ular tomonidan chop etilayotgan kitoblar hamda mazkur kitoblarni qanday qilib xarid qilish xususida so‘z yuritgan edik. Bugun esa kitoblarni qanday yaratilishi borasida batafsilroq yondashamiz.
“Kitoblar — aql farzandlaridir”, — degan edi allomalarimizdan biri. Shunday ekan jamoa ushbu ilmni ishga solib, kelajak egalarining bugungi mashaqqatlarini yengillatish maqsadida harakat qilishadi.
Xo‘sh, kitoblar qanday yoziladi va chop etilgunga qadar qanday bosqichlardan o‘tadi? Avvalo, mualliflar o‘z sohalari bo‘yicha o‘uvchilarga tushunarli va manfaatli bo‘lishi uchun aniq bir yo‘nalishni belgilab olishadi. Shundan so‘ng manbalar asosida ishga kirishiladi. Aytaylik, biror bir testlar to‘plami tuzilayotgan bo‘lsa, mualliflar o‘z takliflariga ko‘ra ishlab chiqishadi. Tayyor bo‘lgan to‘plamni maxsus ekspertlarga topshirishadi.
Eskpertlar esa sinchkovlik bilan har birini ko‘rib chiqishadi. Agar biror bir xatolik yoki kamchilik aniqlansa, mualliflarga qayta yo‘naltiriladi va kerakli tavsiyalar beriladi. Shu asosida mualliflar qayta kitobni ko‘zdan kechirishadi. Ekspertlar tavsiyasiga muvofiq tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Kitobni yakunlagach yana bir bor ekspertlar nazoratiga taqdim etadi. Qayta tekshiruvdan o‘tgach, chop etishga loyiq ko‘rilsagina tavsiya beriladi. Aksi bo‘lsa, rad etiladi. Ekspertlar va mualliflar zarur holatlarda bir necha bor kitob ustida birgalikda qayta ishlashadi. Haqiqatda foydali deb topilgan kitoblar bir necha ming nusxada chop etishga ruxsat beriladi.
Kitobga abituriyentlar tomonidan bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, qayta nashr etilishi ham mumkin.
Bugun kitob chop etish bilan shug‘ullanuvchilar juda ko‘p. Hatto ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkorlar” shaxsiy manfaatini ko‘zlagan holda turli kitoblar chop ettirmoqda. Hatto mualliflik huquqini buzgan holda kitoblardan nusxa ko‘chirishni ham qoyillatishadi. Ba’zi kitoblar esa hech qanday nazoratdan o‘tmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri abituriyentlarga yetkazilmoqda. Bu esa yoshlarning sifatli ta’lim olishlarida “vaqtni o‘g‘irlash”dan boshqaga yaramaydi.
Shu maqsadda “Regbooks” jamoasi abituriyenlarni sifatli kitoblar bilan to‘liq ta’minlash sari harakat olib bormoqda.
“Ta’limi qarovsiz qolgan davlatning farzandlari qora ishchi bo‘ladi”. Davlatimiz tomonidan sifatli ta’limga keng imkoniyatlar ochilayotgan bir vaqtda “Regbooks” jamoasi ham ertangi kunga befarq bo‘lmagan sifatida mazkur jarayonga o‘z hissasini qo‘shish va abituriyentlar manfaatini hamisha birinchi o‘ringa qo‘yishda sobit turishadi.
Yana bir narsani aytib o‘tishni lozim topdik. “Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi”. Ish bor yerda ba’zi kamchiliklar ham uchrab turadi. Ba’zan “Regbooks” nashriyoti tomonidan chop etilgan kitoblarda ham xatoliklar uchrab turibdi. Buni bartaraf etish bo‘yicha jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayni jarayonni yanada sifatli bo‘lishida siz, aziz kitobxonlarning ham yordamingiz zarur. Nashiyot tomonidan chop etilgan kitoblarda xatolikka ko‘zingiz tushsa, bizga bu haqida xabar bering. Va kelgusida yanada sifatli va yoshlar uchun manfaatli kitoblar chop etilishida hissa qo‘shgan bo‘lardingiz.