O‘tgan galgi maqolamizda “Regbooks” nashriyoti va jamoasi, ular tomonidan chop etilayotgan kitoblar hamda mazkur kitoblarni qanday qilib xarid qilish xususida so‘z yuritgan edik. Bugun esa kitoblarni qanday yaratilishi borasida batafsilroq yondashamiz. “Kitoblar — aql farzandlaridir”, — degan edi allomalarimizdan biri. Shunday ekan jamoa ushbu ilmni ishga solib, kelajak egalarining bugungi mashaqqatlarini yengillatish maqsadida harakat qilishadi. Xo‘sh, kitoblar qanday yoziladi va chop etilgunga qadar qanday bosqichlardan o‘tadi? Avvalo, mualliflar o‘z sohalari bo‘yicha o‘uvchilarga tushunarli va manfaatli bo‘lishi uchun aniq bir yo‘nalishni belgilab olishadi. Shundan so‘ng manbalar asosida ishga kirishiladi. Aytaylik, biror bir testlar to‘plami tuzilayotgan bo‘lsa, mualliflar o‘z takliflariga ko‘ra ishlab...
Abituriyentlar uchun kitoblar qanday yaraladi?
